2014 yilda izsiz g‘oyib bo‘lgan Boeing haqida yangi taxmin bildirildi
2014 yilda Malaysia Airlines aviakompaniyasi MH370 reysidagi Boeing 777-200 samolyotining izsiz g‘oyib bo‘lishi atayin qilingan bo‘lishi mumkin. Bu haqda 9News xabar bermoqda.
Uchuvchi va yo‘riqchi Saymon Xardining taxminicha, ekipaj qo‘mondoni Zaxariyo Ahmad Shox samolyotning izsiz g‘oyib bo‘lishini rejalashtirgan bo‘lishi mumkin. Xardining so‘zlariga ko‘ra, uchuvchi atayin aloqaga chiqmagan, shuningdek, dispetcherlarni chalg‘itish uchun Malayziya va Tailand chegarasida parvoz qilgan.
Ta'kidlanishicha, halokatdan avval uchuvchi samolyotni o‘z ona shahri uzra olib o‘tgan. Ekspertlar samolyot dengizga uchuvchi tomonidan yo‘naltirilgani, yoki Shox uni yoqilg‘i tugagunga qadar boshqargani bo‘yicha bir fikrga kela olishmadi.
Mavzuga oid
00:20 / 22.09.2024
Boeing minglab xodimlarini majburiy ta’tilga yuborishni boshladi
20:47 / 21.09.2024
Norvegiyadan Ispaniyaga uchgan samolyot sichqon sabab avariyaviy qo‘nishni amalga oshirdi
18:55 / 14.09.2024
AQShda vodorodda harakatlanadigan noyob samolyot taqdim etildi
18:15 / 14.09.2024