Fan-texnika | 08:26 / 15.05.2018
4029
2 daqiqa o‘qiladi

Google o‘zining bulutli servisi Drive’ning nomini o‘zgartirdi – endi bu Google One

Foto: TechCrunch

Google Drive ma'lumotlarni saqlash bulutli servisi yangi brend oldi va endi Google One deb nomlanadi. Bu haqda TechCrunch xabar qilmoqda. Juda jiddiy o‘zgarishlar yo‘q, faqat narxlar ozgina to‘g‘rilangan.

AQShdagi foydalanuvchilar uchun oyiga 2,99 dollar evaziga 200 GB.lik yangi tarif rejasi paydo bo‘ldi, 2 TB.lik reja esa 19,99 dollardan 9,99 dollargacha arzonlashdi. 1 TB.lik tarif rejasi yo‘qoldi – aynan u 9,99 dollar turgan. Kelajakda ishlatilayotgan bo‘shliqni oilaning besh a'zosi o‘rtasida bo‘lib tashlash mumkin.

Farq faqatgina nomda bo‘lmaydi - Google One foydalanuvchilarga kechayu-kunduzlik rejimda yordamni bepul taqdim etish va Google mahsulotlari bo‘yicha kompaniya ekspertlaridan javob olish imkonini yaratadi. O‘zgarishlar darhol yuz bermaydi: Google kelayotgan bir necha oy davomida foydalanuvchilarning Drive’dagi akkauntini One’ga o‘tkazib boradi. Bu AQShda boshlanadi, keyinchalik boshqa mamlakatlarda ham yuz beradi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Forbes AQShning eng yirik kompaniyalarini ma'lum qilgandi.

Mavzuga oid