Respublika qizlar salomatligi markazi tashkil etildi
“Qizlar va fertil yoshdagi ayollarga ko‘rsatiladigan akusher-ginekologik va tibbiy yordam xizmatlari samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Vazirlar Mahkamasi qarori qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot” telegram-kanalida xabar berilgan.
Qarorga muvofiq, qizlar va fertil yoshdagi ayollarga ko‘rsatiladigan tibbiy yordam xizmatlari sifatini oshirish maqsadida Respublika qizlar salomatligi markazi, hududlarda esa qizlar salomatligi markazlari tashkil etildi.
Respublika markazi, shu jumladan qizlarga texnologiyalarga asoslangan yuqori malakali ginekologik ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatish bilan shug‘ullanadi.
2018 yil 1 avgustga qadar Sog‘liqni saqlash vazirligining “Ishonch telefoni” (1003) tarmog‘i tarkibida respublika hududida kunu-tun faoliyat ko‘rsatuvchi “tezkor aloqa” tarmog‘i tizimi joriy etiladi.
Mavzuga oid
11:41 / 02.09.2024
O‘zbekiston YuNESKOning xalqaro tadqiqot markaziga a’zo bo‘ldi
07:16 / 20.08.2024
Sanoatni boshqarishning vertikal tizimi joriy etiladi
07:40 / 17.08.2024
Kriptologiya sohasida idoralararo ekspert guruhi tashkil etiladi
13:52 / 09.08.2024