O‘zbekiston | 13:30 / 16.05.2018
9633
2 daqiqa o‘qiladi

«Xavfsiz shahar» tizimini joriy etishga tayyorgarlik muddatlari belgilandi

Foto: Kun.uz

Vazirlar Mahkamasining qarori bilan «Xavfsiz shahar» loyihasini amalga oshirish bo‘yicha bosqichma-bosqich tadbirlar va yagona texnologik yondashuv tasdiqlandi.

1 oktabrga qadar tizimni yaratish va yanada rivojlantirish uchun yangilangan Kontseptsiyaning kelishilgan loyihasi ma'qullash uchun taqdim etiladi, 1 dekabrgacha esa apparat-dasturiy kompleksni yaratish va rivojlantirish bo‘yicha umumiy texnik topshiriq ishlab chiqiladi.

TT ma'qullangandan so‘ng, ikki oy mobaynida «Xavfsiz hudud», «Xavfsiz turizm», «Xavfsiz dam olish», «Samarqanddagi yagona navbatchilik-dispetcherlik 112 xizmati», «Xavfsiz transport» loyihalarini amalga oshirish uchun dastur tasdiqlanadi.

Shu bilan birga, Vazirlar Mahkamasiga kuzatuv vositalarini loyihalashtirish, o‘rnatish, montaj qilish, sozlash, ta'mirlash va texnik xizmat ko‘rsatishni tashkil qilishni tartibga solish, shu jumladan videokuzatuv sohasida faoliyatini tartibga solish bo‘yicha takliflarni taqdim etiladi.

 

Mavzuga oid