O‘zbekiston | 21:36 / 16.05.2018
13490
2 daqiqa o‘qiladi

Vaqf xayriya jamoat fondiga ijrochi direktor tayinlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2018 yil 16 apreldagi «Diniy-ma'rifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoniga ko‘ra, O‘zbekiston Musulmonlari idorasi huzurida Vaqf xayriya jamoat fondi tashkil etilgan edi. Fondning ijrochi direktori etib Toshkent islom islom instituti «Tahfizul Qur'on» kafedrasi mudiri lavozimida ishlab kelayotgan Jaloliddin Hamroqulov tayinlandi.

Jaloliddin Hamroqulov

Bugun, 16 may kuni «Tahfizul Qur'on» kafedrasida institut rahbariyati, o‘qituvchilar va xodimlari ishtirokida majlis o‘tkazildi. Rektor U.G‘afurov yig‘ilganlarni Ramazoni sharif bilan muborakbod etib, «Tahfizul Qur'on» kafedrasining Qur'oni karim qiroati va tajvid fani o‘qituvchisi, ko‘plab qorilarning ustozi Jahongir qori Ne'matovni kafedra mudiri lavozimiga tayinlanganini e'lon qildi.

Jahongir qori Ne'matov/Foto: islaminstitut.uz

An'anaga ko‘ra, Qur'on tilovat qilinib, Ahmadjon domla Bobomurod mudir Jahongir Ne'matovning boshlanajak mas'uliyatli mehnati barakali va foydali bo‘lishini so‘rab duo qildi.

Tadbir yakunida «Tahfizul Qur'on» kafedrasi ustozlari Ahmadxon qori Rashidov, Zafar qori Mahmudov, Jahongir qori Ro‘ziyev, Elyorjon qori Ahmatqulov bugun boshlanajak Ramazonning birinchi tarovih namozida Xatmi Qur'onni boshlashlari munosabati bilan kafedra mudiri Jahongir qori Ne'matovdan duo olishdi va kelajakda kafedra faoliyatida hamda Qur'on ta'limida bir tanu bir jon bo‘lib ahillikda mehnat qilishga niyat qilishdi.

Foto: islaminstitut.uz
Foto: islaminstitut.uz

Eslatib o‘tamiz, Jahongir qori Ne'matov bu yilgi Ramazoni sharifda ham Toshkent shahridagi «Minor» jome' masjidida Qur'on xatmiga o‘tadi.

Mavzuga oid