Jahon | 19:09 / 17.05.2018
55562
6 daqiqa o‘qiladi

Prezidentlar mehmonxonasi. Shavkat Mirziyoyev Vashingtonda qayerni manzil qilgan?

Oq uy Vashingtondagi eng muhim bino hisoblanadi. Biroq ko‘chaning narigi betida bir necha yillar mobaynida AQSh tarixi va siyosatida muhim o‘rin tutgan hukumatning mehmonlar uchun qarorgohi joylashganini hamma ham bilmaydi.

Ikkinchi jahon urushidan so‘ng «Bler Haus» dunyoning eng eksklyuziv mehmonxonasi bo‘lgan. U yerda qirol oilalari va davlat rahbarlari yashagan.

16-17 may kunlari AQShga rasmiy tashrifini amalga oshirayotgan O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ham «Bler Haus»ga joylashgan. 

«Bler Haus» – prezidentning rasmiy mehmon uyi

Foto: Aleks Vong/Getty Images


U Oq uy joylashgan ko‘chaning ro‘parasida

Google Maps


«Bler Haus» 1820 yilda AQSh armiyasining tibbiyot boshqarmasi sakkizinchi boshlig‘i Jozef Lovel uchun qurilgan

Foto: Wikipedia Commons - taxminan 1918-1920 yillar


1836 yilda prezident Endryu Jyeksonning tarafdori va yaqin do‘sti uyni 6500 AQSh dollariga xarid qilgan

Foto: Wikipedia Commons


1942 yil Franklin Ruzvelt boshqaruvi davrida AQSh hukumati binoni sotib oldi

Foto: Asosiy yotoqxonaga tutashgan keng kutubxonaning burchagi


O‘sha vaqtdan beri uy davlat va xorijiy delegatsiya rahbarlari uchun qarorgoh vazifasini bajargan

Jon Kennedi Panama prezidenti Roberto Chiarini qabul qilmoqda
Foto: Wikipedia Commons


Prezident Harri Trumen Oq uy ta'mirlanayotgan vaqtda bu uyda to‘rt yil yashagan

Buyuk Britaniya bosh vaziri Uinston Cherchil «Bler Haus»da
Foto: Arxiv va hujjatlar milliy boshqarmasi


1950 yilda puerto-rikolik ikki nafar millatchilar Trumenni mehmon uyida o‘ldirishga harakat qilishgan. Politsiyachilar ulardan birini yo‘q qilgan, boshqasini yaralagan.

Foto: Hulton Archieve/Getty – o‘ldirilgan jinoyatchi


Bugungi kunda «Bler Haus»da 110ta xona bor. Uning maydoni 70000 kvadrat metrga teng. Texnik jihatdan u Oq uyga qaraganda kattaroq.

Foto: Reuters


Har bir mehmon kutish xonasida yuvinish xonasi, uchta tushlik zali, ikkita katta konferensiya zallari, sportzal va kir yuvish xonalari bor.

Barak Obama o‘z yordamchisi va kabinet kotibi Kris Lu bilan suhbatlashyapti
Foto: Pit Souza


Uyda dam olish, uchrashuvlar o‘tkazish uchun ko‘plab joylar va kutubxona mavjud.

Foto: Erik Dreper/AP


«Bler Haus» mehmonxona emasligi sababli mehmonlar shaxsiy qarorgohda qolganlarini his etishlari juda muhim», – deyiladi AQSh Davlat departamenti jurnalidagi maqolada.

Foto: Vikipediya


Uyda prezident tomonidan rasmiy ravishda taklif etilgan mehmonlargina qolishlari mumkin.

Foto: Kris Kleponis/Getty


Qasamyodni kutayotgan prezidentlar bundan mustasno

Barbara Bush kelini Sheron Bush bilan nabiralariga qaramoqda. 1989 yil
Foto: AP


Prezident vafot etganida uning oilasiga dafn marosimidan oldin «Bler Haus»da qolishga ruxsat beriladi.

Prezidentning «Bler Haus» oldiga qo‘yilgan limuzini
Foto: Jim Yang/Reuters


Qarorgohning maxsus ishchilari uyni tozalash va mehmonlar kelishiga tayyorlash uchun javobgar

Hillari Klinton va Sergey Lavrovning 2012 yildagi uchrashuvi
Foto: Aleks Vong/Getty


1980 yildagi kapital ta'mirdan so‘ng uy ikki tomonlama muzokaralar o‘tkaziladigan asosiy joyga aylandi.

Misr prezidenti Husni Muborak (chap tomonda), Bob Doul va Alan Simpsonning uchrashuvi. 1993 yil
Foto: Greg Gibson/AP


Qarorgohda qirolicha Yelizaveta II, Vladimir Putin, Ispaniya qiroli Xuan Karlos va Isroil bosh vaziri Benjamin Netanyaxu mehmon bo‘lib qolishgan.

Ispaniya qiroli Xuan Karlos «Bler Haus»da
Foto: Maykl Smit/Getty


Uyda asosan AQSh rasmiy shaxslarining keng doirasi bilan uchrashuvlar o‘tkaziladi.

Moliya vaziri Rubin, AQSh Federal zaxira tizimi boshqaruvchilari Kengashi raisi Grinspen va XXR Davlat Kengashi Bosh vaziri Chju Juntszi. 1999 yil
Foto: Aleks Vong/Getty


2015 yil Oq uydagi uchrashuvdan keyin Barak Obama va Xitoy Xalq Respublikasi prezidenti Si Jinping «Bler Haus»da tushlik qilishga borishdi.

Foto: Rod Lemki-Pul/Getty


Bir yil o‘tgach, AQSh senatori Jon Kerri «Demokratiya uchun milliy liga» yetakchisi va Nobelning tinchlik uchun mukofoti sovrindori Aun San Su Chji bilan uchrashdi.

Foto: Jonatan Ernst/Reuters


Xorijiy arboblarning qarorgohga tashrifi vaqtida davlat bayroqlari osib qo‘yiladi

Hillari Klinton va Koreya Respublikasi prezidenti Li Men Bakning uchrashuvi
Foto: Aleks Vong/Getty


AQShning rasmiy shaxslari tushlik va ziyofatlarni doimiy ravishda qarorgohda o‘tkazishadi

Yaponiya bosh vaziri Keydzo Obutining Amerika biznes yetakchilari bilan uchrashuvi. 1999 yil
Foto: Reuters


«Bler Haus» haqida ko‘pchilik bilmasa-da, u Amerika diplomatiyasi tarixida katta o‘rin tutadi.

Foto: Wikipedia Commons

 

Mavzuga oid