Jahon | 11:09 / 18.05.2018
12802
2 daqiqa o‘qiladi

Malayziya sobiq bosh vaziridan pullar va zargarlik buyumlari bo‘lgan 72ta sumka topildi

Foto: Roslan Rahman-AFP/Getty Images

Malayziya huquqni muhofaza qilish organlari mamlakat sobiq bosh vaziri Najib Razzoq bilan aloqador bo‘lgan bir nechta joylarda o‘tkazilgan tintuvlardan so‘ng, ichida zargarlik buyumlari va valyuta bo‘lgan 72ta sumkani topdi. Bu haqda The Star gazetasi xabar bermoqda.

Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, tintuvlar sobiq bosh vazirning bir nechta qarorgohida, shuningdek, uning eski ofisida o‘tkazilgan. Ular 1MDB (Birinchi Malayziya investitsiyalar va taraqqiyot fondi) davlat fondidagi suiiste'molliklar bo‘yicha surishtiruvga aloqador ekani aytilyapti.

«Biz dizaynerlik sumkalari bo‘lgan 284ta quti topdik. Tekshiruvdan so‘ng shu aniqlandiki, 72ta sumkada turli valyutalar, jumladan Malayziya ringgitlari va AQSh dollarlari, soatlar hamda qimmatbaho buyumlar bo‘lgan», - deya aytib o‘tdi politsiyaning iqtisodiy jinoyatlarni surishtiruvdan o‘tkazish bo‘yicha departamenti rahbari Datuk Seri Umar Singx.

Foto: AP

Nashr topilgan qimmatbaho buyumlarning umumiy bahosini oshkor etmagan. Shuningdek, ta'kidlanishicha, aniqlangan sumkalar Louis Vuitton va Birkin premial brendlariga tegishli bo‘lgan.

Mavzuga oid