O‘zbekiston va Rossiya oliygohlari baliqchilik sohasi bo‘yicha o‘zaro onlayn dars o‘tishdi
Astraxan davlat texnika universiteti bilan Toshkent davlat agrar universiteti o‘rtasida anglashinuv memorandumi, yo‘l xaritasi imzolangan kundan boshlab o‘z samarasini bermoqda. Hozirgi kunda Respublikamizda baliqchi-ixtiolog, gidrobiolog, baliqchi seleksioner, servis xizmatini ko‘rsatish, ixtiopatolog xorij texnologiyalari asosida sovuq suvda yashovchi baliqlarni iqlim sharoitimizga moslashtirish, yetishtirilgan baliqchilik mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash kabi sohalarda kadrlar tayyorlash muhim vazifalardan biri hisoblanadi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, Rossiya Federatsiyasi Astraxan davlat texnika universitetining “Baliqchilik xo‘jaligi, biologiya va tabiatdan foydalanish” instituti va Toshkent davlat agrar universiteti o‘rtasida kelishilgan hamkorlik shartnomasi hamda “Yo‘l xaritasi”ga binoan baliqchilik sohasi mutaxassislari uchun 2018 yil 17 may kuni “Akvakulturani rivojlantirish istiqbollari” mavzusida onlayn tizimida vebinar ma'ruzalari tashkil etildi.
Vebinar ma'ruzalarni Astraxan davlat texnika universitetining baliqchilik instituti O‘quv ishlari bo‘yicha prorektori S.Vinogradov hamda Toshkent davlat agrar universiteti O‘quv ishlari bo‘yicha prorektori S.Islamovlar olib borishdi.
Vebinar ma'ruzalarda Astraxan davlat texnika universitetining baliqchilik instituti professori Yu.Yegorova baliqchilikning hozirgi kundagi holati va rivojlantirish istiqbollari to‘g‘risida onlayn tizimda mazmunli ma'ruza qilib berdi. Ma'ruzadan so‘ng sohaning muammo va istiqbollari to‘g‘risida savol-javob tarzida fikr almashinildi. Toshkent davlat agrar universiteti professor-o‘qituvchilari va talabalari “Baliqchilik xo‘jaligi, biologiya va tabiatdan foydalanish” institutida olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishishdi.
Tashkil etilgan onlayn ma'ruzada universitetning “Zootexniya va baliqchilik” fakulteti professor-o‘qituvchilari, doktorantlar, magistrantlar va baliqchilik ta'lim yo‘nalishi talabalari hamda “O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasi mutaxassislari ishtirok etib, ma'ruzadan o‘zlarini qiziqtirgan savollar bo‘yicha ma'lumotlar olishdi. Kelgusida onlayn darslarni ko‘proq o‘tkazish bo‘yicha kelishib olindi.
Mavzuga oid
11:30 / 01.10.2024
Agrar universitet hududidagi yong‘in yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
21:00 / 30.09.2024
«Selxoz» hududida yirik yong‘in ro‘y berdi
21:27 / 17.05.2024
O‘zbekistonda krevetkani sanoat usulida yetishtirish loyihasi tasdiqlandi
08:46 / 04.05.2024