Jamiyat | 13:55 / 18.05.2018
12231
1 daqiqa o‘qiladi

Jizzaxda 25 kilogramm “ko‘knor” giyohvandlik moddasi topildi

16 may kuni Jizzax viloyatining Sh.Rashidov tumanida O‘zbekiston Respublikasi IIV tomonidan o‘tkazilayotgan “Qoradori-2018” tadbiri davomida, “Qatortol” MFYda yashovchi X.I.ning uyi tekshirilgan.

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, ushbu shaxsning tomorqasidagi yer maydonidan “ko‘knor” giyohvandlik o‘simligini yetishtirayotganligi aniqlangan hamda hovlisida berkitilgan 25 kg.dan ortiq “ko‘knor” giyohvandlik moddasi topilib, daliliy ashyo sifatida olingan.

Mavzuga oid