Mashg‘ulotlarida mushukdan foydalangan chechenistonlik MMA jangchisini jazolash talab qilindi
Ijtimoiy tarmoqlarda aralash yakkakurashlar bo‘yicha (MMA) rossiyalik jangchi Albert Durayevni musobaqalardan chetlashtirish bo‘yicha petitsiyaga imzo yig‘ilmoqda. Bu haqda «Sovetskiy sport» xabar berdi.
Sport ishqibozlarining darg‘azab bo‘lishiga video sabab bo‘ldi, unda Durayev o‘z sherigi bilan mushukni bir-birlariga qarata otishgan.
Rolik 29 yoshli sportchining o‘zi tomonidan instagramdagi sahifasida e'lon qilindi.
Petitsiya mualliflari Durayev va uning sherigini MMA musobaqalaridan chetlashtirishni talab qilishmoqda. Hozircha buning uchun 60 mingta imzo yig‘ildi.
Durayev M-1, Unity Championships va Absolute Championship Berkut shafeligida janglarda ishtirok etgan. Uning hisobida 11 g‘alaba va uchta mag‘lubiyat bor.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq MMA jangchisi qo‘lidan dahshatli jarohat olgani va raqibidan qochishga uringani tasvirlangan video e'lon qilingandi.
Mavzuga oid
21:45 / 08.04.2023
Habib Nurmagomedov katta sportga qaytadi, ammo oktagonga emas
18:11 / 30.05.2021
To‘ra Bobolov MMA musobaqasida muxlislik qilgani aks etgan video tarqaldi
23:23 / 17.08.2020
Bahodir Qurbonov va Otabek Umarov MMA sportchilari bilan uchrashdi
16:13 / 14.11.2019