Jamiyat | 00:35 / 22.05.2018
11654
2 daqiqa o‘qiladi

Buxorolik ayolni 200 dollar va tilla taqinchoqlarga «uxlatib ketgan» folbin ushlandi

Buxoro tumani Ichki ishlar bo‘limiga shu tumanda yashovchi, 1964 yilda tug‘ilgan R. U. ariza bilan murojaat qilib, 2017 yil 14 oktabr kuni Qashqadaryo viloyati, Kasbi tumani, Xo‘ja Hayron qishlog‘ida yashovchi, 1973 yilda tug‘ilgan R. N. uning uyiga kelib, ishonchini suiiste'mol qilib, firibgarlik qilib ketgani haqida ma'lum qilgan.

Ma'lum bo‘lishicha, R.N. xonadon egasining uyiga duo (jodu) o‘qilganligini, duoni olib tashlashi mumkinligi aytgan. Buning uchun R. U. 200 AQSh dollari, bir dona ayollar tilla uzugi va 1 noyabr kuni 500 AQSh dollarini qo‘lga kiritgan. Buxoro tuman IIB tomonidan mazkur firibgarlik jinoyati sodir qilganlikda ayblanayotgan ayolning qilmishlari fosh qilindi.

Mazkur holat yuzasidan R. N.ga nisbatan shu yilning 18 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ayni paytda tergov harakatlari olib borilmoqda

Mavzuga oid