O‘zbekiston | 18:56 / 22.05.2018
10855
3 daqiqa o‘qiladi

IUT’ning 1000 nafardan ortiq talabalari ta'lim uchun to‘lovni eski narxda to‘laydi 

Foto: inha.uz

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Toshkent shahridagi Inha universiteti (IUT)ning ming nafardan talabalariga ta'lim uchun to‘lovni amalga oshirishda ijtimoiy yordam beradi. Bu haqda 2018 yilning 22 may kuni #MITCROADMAP2018 “ICT-tarmog‘i va IT-ta'limining rivojlanish istiqbollari, davlat va biznesning o‘zaro hamkorligi” konferensiyasida chiqish qilgan IUT rektori Sarvar Boboxo‘jayev ma'lum qildi.

Sarvar Boboxo‘jayevning aytishicha, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan talabalarni ijtimoiy himoya qilish maqsadida Toshkent shahridagi Inha universiteti talabalarining ta'lim uchun to‘lov xarajatining bir qismini moliyalashtirishga qaror qilingan.

"Biz bu haqda bugun birinchi marta e'lon qilmoqdamiz. Ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi bosqichning 1000 nafardan ortiq talabalari ta'lim uchun to‘lovni eski narxda to‘lashadi. O‘rtadagi farq esa O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan qoplanadi, - dedi IUT rektori.

Universitet rektori, shuningdek, Toshkent shahridagi Inha universitetida talabalarni o‘qitish xarajatlarini qoplash uchun qo‘shimcha mablag‘larni jalb qilish bo‘yicha ishlarni davom ettirayotganini qo‘shimcha qildi. U vazirliklar va idoralar, kompaniyalar va diplomatik korpus vakillarini hamkorlik qilishga chaqirdi.

2017-2018 o‘quv yilida Toshkent shahridagi Inxa universitetining “Kompyuter va dasturiy injiniring” yo‘nalishida to‘lov miqdori 21,05 million so‘m va “Logistika” yo‘nalishi bo‘yicha 22,1 million so‘m edi.

2018-2019 yilgi yangi o‘quv yilidan “Kompyuter va dasturiy injiniring” yo‘nalishi bo‘yicha 28,5 mln. so‘mni va “Logistika” yo‘nalishi bo‘yicha - 30 mln. so‘mni tashkil etadi.

Shuningdek, u o‘z so‘zida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida 2018-2019 o‘quv yilidan boshlab talabalar mavzularni tanlash imkoniyatiga ega bo‘ladigan ta'lim kredit tizimini joriy etishini qayd etdi.

Mavzuga oid