ShHT Xitoydagi yig‘ilishda terrorizmga qarshi kurash dasturini tasdiqlaydi
Shanxay hamkorlik tashkiloti davlatlari 9-10 iyun kunlarida Xitoyning Tsindao shahrida o‘tkaziladigan yig‘ilishda 2019-2021 yillarda terrorizm, separatizm va ekstremizmga qarshi kurashda hamkorlik qilish dasturini tasdiqlashadi. Bu haqda Rossiya Xavfsizlik kengashi kotibi Nikolay Patrushev ShHT davlatlari Xavfsizlik kengashlari kotiblarining seshanba kungi uchrashuvida ma'lum qildi.
«Tsindaoda 2019-2021 yillarda terrorizm, separatizm va ekstremizmga qarshi kurashda hamkorlik qilish dasturi tasdiqlanadi. Uning hayotga tatbiq etilishi vakolatli organlarning ShHTning mintaqaviy aksilterror tuzilmasi bilan muvofiqlikda faol harakatlar olib borishini talab etadi», degan u.
Uning so‘zlariga ko‘ra, terrorchi guruhlarning jinoiy doiralar bilan yaqinlashuvi ShHT davlatlarining vakolatli organlari transmilliy jinoiy guruhlar faoliyatiga qarshi qaratilgan harakatlarini faollashtirishini talab etadi.
Mavzuga oid
19:34 / 27.11.2024
FQB tomonidan eng ko‘p qidirilgan shaxs Buyuk Britaniyada hibsga olindi
18:29 / 03.09.2024
“Ko‘z o‘ngimda do‘stimga o‘q tegib, joni uzildi”: Sariosiyo janglarida qatnashgan harbiy hikoyasi
13:38 / 20.07.2024
Rossiyada er-xotin terrorizmga da’vat qilishda aybdor deb topildi
12:18 / 02.07.2024