O‘zbekiston | 07:56 / 23.05.2018
66105
1 daqiqa o‘qiladi

FVV Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida sel xavfi haqida ma'lum qildi

Foto: KUN.UZ

2018 yilning 23 may kuni Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarining tog‘ va tog‘oldi hududlarida sel kelishi xavfi mavjud. Bu haqda FVV Favqulodda vaziyatlarda boshqaruv Markazi xabar berdi.

Qayd etilishicha, ob-havo o‘zgaruvchan, yog‘ingarchilik kutiladi, ayrim joylarida yomg‘ir kuchli yog‘ishi va momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

“Tog‘ va tog‘oldi hududlarida yashovchi aholi diqqatiga! Ehtiyot choralarini ko‘rishingizni, hamda avariya va boshqa noxush holatlar vujudga kelganda, FVVning (+99871) 147-10-50 "Tezkor raqam”iga murojaat etishingizni iltimos qilamiz”, - deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qashqadaryoda sel oqibatida 5 kishi halok bo‘lgandi.

Mavzuga oid