Sport | 18:31 / 24.05.2018
58318
2 daqiqa o‘qiladi

Chempionlar ligasi finali yana Istanbulda o‘tadi

UYeFA ijro qo‘mitasining Kiyev shahrida o‘tkazilgan yig‘ilishida 2019/20 mavsumida Yevropa klublar turnirining finallarini qabul qiladigan shaharlar e'lon qilindi.

Chempionlar Ligasi 2019/20 yilgi mavsumi finali Turkiyaning Istanbul shahridagi Kamol Otaturk nomli stadionda o‘tkaziladi. Bu YeChL finali 15 yildan keyin yana Turkiyaga qaytishidir - 2004/05 yilgi mavsumda «Milan» va «Liverpul» o‘rtasida YeChL tarixidagi eng dramatik final uchrashuvi bo‘lib o‘tgandi. 

YeChLning bu yilgi finali Kiyevda, keyingi mavsum finali esa Madridda o‘tkaziladi.

Kamol Otaturk stadioni
Foto: UYeFA

Yevropa Ligasi finali esa Polshaning Gdansk shahrida bo‘lib o‘tadi.

2018 yilgi Yevropa Ligasi finalida 16 may kuni Lionda bo‘lib o‘tdi va unda «Atletiko» «Marsel» yirik hisobda yengdi (3:0), 2019 yilgi finalga Boku mezbonlik qiladi.

PGE Arena Gdańsk
Foto: Football.ua

2020 yilgi UYeFA Superkubogi uchun bahsni Portu shahridagi «Dragau» stadioni qabul qiladi.

2020 yilgi Superkubok mezbonligi uchun Portugaliyadan tashqari, Belarus, Finlyandiya, Fransiya, Albaniya, Isroil, Qozog‘iston va Shimoliy Irlandiya da'vogarlik qilgandi.

«Dragau» stadioni
Foto: «Portu»

Mavzuga oid