Jahon | 20:31 / 24.05.2018
12060
2 daqiqa o‘qiladi

Yangi Zelandiya transport vaziri parvozdan oldin qo‘ng‘iroq amalga oshirgani uchun iste'foga chiqdi

Fil Tvayford Foto: Newshub

Yangi Zelandiya transport vaziri Fil Tvayford samolyot bortida qo‘ng‘iroq amalga oshirganidan keyin iste'foga chiqish uchun ariza berdi.

Tvayfordning so‘zlariga ko‘ra, u samolyot ichki yo‘nalishdagi parvozga tayyorlanayotganida qo‘ng‘iroqni amalga oshirgan. Vazir o‘z apparati xodimiga qo‘ng‘iroq qilgani va o‘sha damda bu unga muhim suhbatdek tuyulganini qo‘shimcha qildi. 

"Men taqiqlangan joyda qo‘ng‘iroqni amalga oshirganimni yaxshi tushunib turibman. Bunga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi, ayniqsa men, transport vaziri sifatida bunday qilmasligim kerak edi. Chin dildan uzr so‘rayman", - deydi Yangi Zelandiya transport vaziri Fil Tvayford.

Tvayfordning qo‘shimcha qilishicha, bosh vazir Jasinda Ardren uning iste'foga doir arizasini qabul qilmagan. Bosh vazir uning majburiyatlarini fuqarolik aviatsiyasi bo‘yicha o‘rinbosariga topshirgan. Ardren tergov vaqtida Tvayfordni fuqarolik aviatsiyasi boshqaruvidan chetlashtirish kerak, deya qaror qilgan. Manbaga ko‘ra, vazir o‘z vazifalaridan vaqtinchalik chetlatildimi yoki yo‘q - hozircha noma'lum. 

"Men vazirlarimizdan qonunlarga rioya qilishlarini kutaman. Fil transport vaziri sifatida fuqarolik aviatsiyasida belginlangan barcha qoidalarga rioya qilishi kerak", - deydi Yangi Zelandiya bosh vaziri Jasinda Ardren.

Mamlakat fuqarolik aviatsiyasi qoidalariga ko‘ra, yo‘lovchilar elektromagnit to‘lqinlarni yetkazuvchi portativ elektron qurilmalardan foydalanishlari taqiqlanadi. Qoidani buzganlik uchun jazo 500 dan 2,5 ming dollargachani tashkil qiladi.

Mavzuga oid