Jahon | 10:06 / 25.05.2018
20575
2 daqiqa o‘qiladi

«Yolg‘onni to‘xtatish kerak!» - AQSh Rossiyaga Boeing MH17 bo‘yicha chaqiriq bilan chiqdi

Foto: OSCE

AQSh hukumati Ukrainada Malayziyaning Boeing MH17 layneri halokatga uchrashi bo‘yicha surishtiruv xulosalariga to‘la ishonadi va Rossiyani aviahalokatdagi «o‘z o‘rniga oydinlik kiritishga» chaqiradi. Bu haqda Davlat departamenti bayonotida aytilgan.

Bayonotda aytilishicha, Qo‘shma Shtatlar hukumati xalqaro tergov guruhining Malayziya laynerini urib tushirgan «Buk» zenit raketa majmuasi Rossiya qurolli kuchlari 53-zenit raketa brigadasiga tegishli bo‘lgani haqidagi xulosalariga butunlay qo‘shiladi. 

«Biz BMT Xavfsizlik Kengashi talabi haqida eslatamiz. Unda aybdorlar javobgarlikka tortilishi va barcha davlatlar ushbu aybdorlarni aniqlash uchun to‘la hamkorlik qilishi belgilangan. Biz Rossiyani Xavfsizlik Kengashining 2166 (2014) rezolyutsiyasini hurmat qilish va unga rioya etishga chaqiramiz. Rossiya yolg‘onni bas qilib, layner qulashida o‘zining tutgan o‘rniga oydinlik kiritishi uchun vaqt keldi», - deya ma'lum qilishgan bayonot tuzuvchilari.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukrainada Malayziya laynerini urib tushirgan «Buk» qaysi davlatga tegishli bo‘lgani aniqlangandi.

Mavzuga oid