O‘zbekiston | 15:46 / 25.05.2018
20104
1 daqiqa o‘qiladi

Maktabgacha ta'lim vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Foto: Maktabgacha ta'lim vazirligi axborot xizmati

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev maktabgacha ta'lim vazirining moliyaviy masalalar bo‘yicha yangi o‘rinbosarini tayinladi. 

Prezident qaroriga muvofiq, Shodiyor Mamatqulov O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim vazirining moliyaviy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi.

U ushbu lavozimga tayinlangunga qadar Loyihalar va import shartnomalari ekspertizasi markazi texnik binolari boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim vaziri o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Qahramon Oripov Toshkent shahar hokimiga birinchi o‘rinbosar bo‘lgandi. 

Mavzuga oid