O‘zbekiston | 15:10 / 25.05.2018
79447
2 daqiqa o‘qiladi

Bosh vazir o‘rinbosarlaridan biri lavozimdan ozod etildi

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – Ta'lim, sog‘liqni saqlash, ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport masalalari kompleksi rahbari Qahramon Valiyevich Akmalov lavozimdan olindi. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tegishli farmoni imzolangan.

Farmonda izohlanishicha, Qahramon Akmalov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan lavozimdan ozod etildi.

Qahramon Akmalov 2017 yilning 29 noyabrida prezident tomonidan hukumatda amalga oshirilgan o‘zgarishlar doirasida O‘zbekiston Bosh vaziri o‘rinbosari lavozimiga tayinlangandi. U muqaddam Hisob palatasi raisi o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

Foto: O‘rtada Qahramon Akmalov

Shu yil fevralida 21 yildan buyon O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisiga o‘rinbosar bo‘lgan Alisher Akmalov ishdan olingandi. Ayrim manbalarga ko‘ra, u mart oyida «Rashid Qodirov ishi» doirasida qo‘lga olingan va ayni vaqtda tergov qilinmoqda. 

Foto: Alisher Akmalov / Milliy Olimpiya qo‘mitasi

Qahramon Akmalov Alisher Akmalovning ukasi hisoblanadi.

Mavzuga oid