Sport | 18:05 / 26.05.2018
13858
1 daqiqa o‘qiladi

MMA jangchisi raqibini taslim bo‘lishga ko‘ndirdi

Aralash yo‘nalish (MMA) bo‘yicha britaniyalik jangchi Maykl Peyj Londondagi Bellator 200 musobaqasi doirasida o‘tkazilgan jang vaqtida raqibi Devid Rikelsni taslim bo‘lishga ko‘ndirdi. Tegishli video foydalanuvchi Josh Sanchez’ning Twitter’dagi sahifasida e'lon qilindi.

Ikkinchi raund boshlarida Peyj Rikelsning ko‘ziga zarba bergan. Shundan so‘ng britaniyalik raqibiga murojaat qilib, jarohatiga ishora bergan. Rikels hakamga jangni davom ettirmasligi haqida xabar qildi. G‘alaba esa Peyjga berildi.

31 yoshli britaniyalik uchun bu g‘alaba 13ga aylandi. Peyj o‘z faoliyatida bir marta ham mag‘lub bo‘lmagan. Rikelsda esa 19 g‘alaba va 5 mag‘lubiyat.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq mashg‘ulotlarida mushukdan foydalangan chechenistonlik MMA jangchisini jazolash talab qilingandi. 

Mavzuga oid