Jahon | 23:08 / 26.05.2018
7522
1 daqiqa o‘qiladi

Moskva meri yana lavozimida qolmoqchiligini aytdi

Foto: TASS /Sergey Bobylev

Moskva shahrining amaldagi meri Sergey Sobyanin 2018 yili bo‘lib o‘tishi kutilayotgan meriya saylovida ishtirok etmoqchiligini bildirdi. 

"Men bu ishlarni birga davom ettirishni istayman. Shunga ko‘ra, men o‘z nomzodimni Moskva meri sifatida saylovda ilgari surishga qaror qilaman", deydi "Faol shaharlik"loyihasini nishonlashga yig‘ilgan mehmonlar oldida nutq so‘zlagan Sobyanin. 

"O‘ylaymanki, moskvaliklar meni qo‘llab-quvvatlaydi. Besh yil avval o‘tgan saylovlarda ham shahar aholisi Moskvani yanada yaxshilash uchun ishlarni boshlashda menga imkoniyat bergandi", deb qo‘shimcha qilgan mer.

Ma'lumot uchun, Sergey Sobyanin 2010 yildan buyon Moskva meri sifatida faoliyat olib bormoqda. U o‘shanda Yuriy Lujkov o‘rnini egallagandi. Sobyanin 2005-2008 yillarda Rossiya Prezidenti Vladimir Putin ma'muriyati rahbari bo‘lib ishlagan.

Mavzuga oid