Jahon | 18:06 / 28.05.2018
8680
1 daqiqa o‘qiladi

50 yoshli erkak Tinch okeanini suzib o‘tib, rekord o‘rnatmoqchi

Foto: Ben Lekomt

Fransiyalik suzish ustasi Ben Lekomt Tinch okeanini suzib o‘tib, yangi jahon rekordini o‘rnatish niyatida ekanini bildirdi.

50 yoshli fransiyalik 1998 yilda Atlantika okeanini suzib o‘tgan, biroq uning natijasi tasdiqlanmagan, shuning uchun ham Ginnessning rekordlar kitobiga kiritilmagan.

«Shuni yaxshi bilamanki, bunday noodatiy qadamlar va sinovlar - mening ajralmas bir qismim. Men o‘zimni sinab ko‘rmoqchiman.

Atlantika okeanini suzib o‘tganimdan so‘ng, men tanaffus olishga majbur bo‘ldim. Uylandim, farzandlarim tug‘ildi, bunday «sayohatlarni» ortga surishga to‘g‘ri keldi. Biroq, yana okeanni suzib o‘tish istagi paydo bo‘lishini sezgandim», - deya Lekomtning so‘zlarini keltiradi Reuters.

Mavzuga oid