Jahon | 08:55 / 28.05.2018
18142
1 daqiqa o‘qiladi

Erkak bozorda sotib olingan granata portlab ketgani tufayli halok bo‘ldi

Foto: Sudouest

Fransiyadagi Damlever kommunasida yashovchi shaxs eski buyumlar bozorida granata sotib oldi va u portlab ketgani tufayli halok bo‘ldi. Bu haqda Sudouest portali prokurorga asosan yozmoqda.

Portlash 27 may kuni ertalab erkakning garajida, u granata bilan qandaydir ishlarni amalga oshirganidan so‘ng yuz bergan. Ko‘rsatilgan yordamga qaramay, u hayotdan ko‘z yumdi.

Voqea joyiga sapyorlar chaqirildi, sababi yana bir nechta granata topildi, deb xabar bergan prokuror. Uning so‘zlariga ko‘ra, halok bo‘lgan shaxs «kolleksioner» bo‘lgan.

O‘q-dorilar sotuvchisi qo‘lga olindi, unga qasddan sodir etilmagan qotillik bo‘yicha ayblovlar qo‘yildi. Huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari undan yana bir granatani topishgan, bu shaxs uni ham sotib yuborishni rejalashtirgani aytilmoqda.

Mavzuga oid