Ispaniya klubi Aziz G‘aniyevga shartnoma taklif qildi
O‘zbekiston terma jamoasi va «Nasaf» klubi yarimhimoyachisi Aziz G‘aniyev Yevropaga ketishi mumkin.
Unga Ispaniyaning «Tenerife» klubi 4 yillik shartnoma taklif qildi, deb Championat.asia sayti xabar bermoqda.
Ammo ispanlar G‘aniyevni erkin agent sifatida yoki juda arzon narxga o‘z tarkibiga qo‘shib olmoqchi. Agar futbolchi rozi bo‘lsa, unga hech qanday ko‘riksiz 4 yillik shartnoma taklif etilgan. «Nasaf» esa ayni paytda moliyaviy qiyinchiliklarni boshdan kechirmoqda va o‘z yetakchisini 1 million dollardan kamiga qo‘yib yubormoqchi emas.
1912 yilda tashkil topgan «Tenerife» klubi ayni paytda Ispaniya Segundasida (La ligadan keyingi liga) ishtirok etmoqda. Jamoani mashhur sobiq futbolchi Xoseba Echeberria boshqarib bormoqda. So‘nggi bor klub 2010 yilda La ligada ishtirok etgan.
Mavzuga oid
13:39 / 30.05.2024
Ne’matov qahramonga aylangan va «Nasaf» 3-bor superkubokka ega chiqqan o‘yindan eksklyuziv fotojamlanma
21:23 / 29.05.2024
«Nasaf» penaltilar seriyasida «Paxtakor»ni mag‘lub etib, O‘zbekiston Superkubogi sohibiga aylandi
13:05 / 09.03.2024
Shatskix bu safar ham Berdiyevni yengolmagan - «Paxtakor» - «Nasaf» bahsidan fotojamlanma
23:12 / 21.02.2024