Yevropa ochiq chempionatida o‘zbekistonlik qo‘l jangi ustalari 11 medalni qo‘lga kiritishdi
Belarus davlatining Minsk shahrida qo‘l jangi bo‘yicha kattalar o‘rtasida Yevropa ochiq chempionati nihoyasiga yetdi. Mazkur nufuzli musobaqada 26 mamlakatdan jami 200 nafar qo‘l jangi ustasi bahs olib borishdi. Bu haqda O‘zbekiston qo‘l jangi federatsiyasi matbuot xizmati KUN.UZ’ga ma'lum qilmoqda.
O‘zbekiston terma jamoasi a'zolari jami 2 ta oltin, 3 ta kumush va 6 ta bronza medaliga ega bo‘lishdi. 60 kg.da Shahboz Tursunov, 65 kg.da Olimjon Normurodov oltin, 45 kg.da Zarina Olimjonova, 75 kg.da Madina Ergasheva, 75 kg.da Jahongir Jumayev kumush, 55 kg.da Otabek Bobojonov, 70 kg.da Muhiddin Mamajonov, 50 kg.da Guljahon Normatova, 55 kg.da Maftuna Quvondiqova, 70 kg.da Shahnoza Nizomova, 75 kg.da Robiya Qo‘chqorova bronza medallariga ega bo‘lishdi.
O‘zbekistonlik sportchilar 30 may tongida yurtimizga qaytib kelishadi. Ma'lumot o‘rnida: endi vakillarimiz kuz oylarida Gollandiyada o‘tadigan Jahon birinchiligiga va Kipr mezbonlik qiladigan Jahon kubogi bahslariga tayyorgarlik ko‘rishadi.
Mavzuga oid
08:07 / 21.06.2022
Dzyudo va qo‘l jangini rivojlantirish bo‘yicha prezident qarorlari qabul qilindi
08:24 / 09.02.2022
O‘zbekistonda qo‘l jangi yanada rivojlantiriladi - Prezident qarori loyihasi
21:32 / 07.06.2021
Qo‘l jangi bo‘yicha Toshkentda o‘tgan jahon chempionatida O‘zbekiston 1-o‘rinni egalladi
23:41 / 05.05.2019