Sport | 12:24 / 29.05.2018
15108
1 daqiqa o‘qiladi

La Liga prezidenti: «Ronalduning ketishi 5 yil avval ko‘proq tashvishga solgan bo‘lardi, lekin hozir emas»

Foto: Getty Images

La Liga prezidenti Xaver Tebas forvard Krishtianu Ronalduning «Real»dan ehtimoliy ketishi haqidagi so‘zlariga izoh berdi.

«O‘ylashimcha, bu navbatdagi bobdan boshqa narsa emas. Men u ketishni xohlayotgani, qolayotgani, ular muzokaralar olib borayotgani haqida ko‘p bora eshitdim. O‘ylashimcha, u «Real»da kelasi mavsum ham o‘ynaydi.

Ronalduning besh yil muqaddam ketishi meni hozirgidan ko‘proq tashvishga solgan bo‘lardi, biroq hozir emas, sababi biz La Liga brendi ustida yaxshi ishladik», - deya aytib o‘tdi Tebas.

Mavzuga oid