Toshkent shahridagi mahallalarni obod qilish boshlandi
Toshkent shahrida «Namunaviy mahalla» loyihalariga kiritilgan «Obod mahalla» dasturini amalga oshirish qizg‘in tus olmoqda. Xususan, Chilonzor tumani Do‘mbirobod dahasi «Tirsakota» mahallasi hamda Chilozor 19-mavze Xirmontepa mahallalarida bu borada sezilarli amaliy ishlar olib borilmoqda, deb xabar beradi shahar hokimligi Axborot xizmati.
Ma'lum qilinishicha, ayni mahallalardagi 3054 ta xonadonlarning tashqi ko‘rinishi, binolarning yo‘laklari, fasadlari zamon talablari darajasiga olib chiqish, uylarni ta'mirlash va irrigatsiya tizimini yaxshilash ishlari boshlab yuborilgan.
Ta'kidlash joizki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 29 martdagi «Obod qishloq» dasturini 2018 yilda amalga oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora tadbirlar to‘g‘risida»gi 3630-sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida, bugungi kunda Toshkent shahar miqyosida 11 tumanning har birida «Namunaviy mahalla» loyihalari amalga oshirilmoqda.
«Dastur bo‘yicha mavjud inshootlarning atrofini obodonlashtirish, deyarli har bir ko‘cha atrofidagi daraxtlar shahar infratuzilmasiga moslashtirilmoqda», deyiladi xabarda.
Shuningdek, ijtimoiy soha obektlari, ichimlik suvi, elektr ta'minoti kabi muhim sohalar yillar davomida qarovsiz holga kelib qolgandi. Ayni chog‘da, ular zamonaviy jihozlar bilan ta'mirlanmoqda.
Mahallalarni obodonlashtirish ishlarini Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev shaxsan nazorat qilib, xasharchilarga ko‘mak bermoqda.
Mavzuga oid
16:21
Toshkent shahri havosini eng yomon deb ko‘rsatgan stansiya buzilib qoldi
14:14 / 24.10.2024
Poytaxt drenaj tizimini yaxshilash uchun 6 mlrd so‘m ajratildi
13:30 / 20.08.2024
Toshkent propiskasi haqidagi qonun bekor qilinadi
07:29 / 08.07.2024