1 ming 313 oromgoh faoliyatini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda
Joriy yilda mamlakat miqyosida faoliyati yo‘lga qo‘yilayotgan statsionar va kunduzgi bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlarida 301 ming 589 nafar bola sog‘lomlashtirilishi rejalashtirilgan. Shu jumladan, kasaba uyushmalari tomonidan 1 ming 950 nafar Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchisi va 50 nafar imkoniyati cheklangan bolaga, 500 nafar iqtidorli bolaga oromgohlarga bepul yo‘llanma beriladi.
O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi bergan ma'lumotga ko‘ra, bu yil 1 ming 313 oromgoh faoliyatini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan.
"Bu yurtimizda faoliyat ko‘rsatuvchi oromgohlar soni joriy mavsumda 23 taga ko‘payganidan dalolat. Ulardan 206 tasi statsionar, 978 tasi kunduzgi, 129 tasi mehnat va dam olish oromgohlaridir", deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
20:06 / 14.02.2022
Qishloq bolasi bilan kimning ishi bor: Bulung‘urdagi yagona bolalar oromgohi sotib yuborildi
23:54 / 22.06.2019
Bolalarning oromgohlardagi favqulodda vaziyatlarda harakatlanish ko‘nikmalari oshirilmoqda
17:57 / 06.07.2018