Jahon | 19:38 / 31.05.2018
5018
1 daqiqa o‘qiladi
AQSh 1 iyundan po‘lat va alyuminiyga boj kiritishga qaror qildi
AQSh 1 iyundan Yevropa ittifoqi, Meksika va Kanadadan olib kiriladigan po‘lat va alyuminiyga boj kiritmoqda. Bu haqda AQSh savdo vaziri Uilbur Ross ma'lum qildi.
Uning ma'lum qilishicha, po‘latga 25 foizlik, alyuminiyga esa 10 foizlik boj to‘lovi kiritiladi. Vashington hamkorlari bilan kelishishga umid qilgan holda bu bojlarning kiritilishini bir necha bor qoldirib kelgan.
Yevropa ittifoqi bunga javoban AQSh mahsulotlariga, jumladan apelsin sharbati, viski, tamaki va mototsikllarga 25 foizlik boj to‘lovi kiritishini ma'lum qilgan.