Jahon | 18:08 / 31.05.2018
16386
2 daqiqa o‘qiladi

Babchenkoning o‘ldirilishi nima uchun sahnalashtirilgani ma'lum bo‘ldi

Foto: Reuters /Valentyn Ogirenko

Ukraina Oliy radasi deputati Anton Gerashchenko jurnalist Arkadiy Babchenkoning o‘ldirilishi nima uchun sahnalashtirilganini tushuntirib berdi. Bu haqda «112 Ukraina» xabar qilmoqda.

Uning aniqlik kiritishicha, Babchenkoning o‘zi bunga rozi bo‘lgan.

«Arkadiy Babchenkoning o‘ldirilishini sahnalashtirish borasida vazifa bor edi, bu Rossiya hududida bo‘lgan buyurtmachilarning iziga tushish uchun kerak bo‘ldi. Bunda tashkilotchining buyurtmachilar bilan aloqasi o‘rnatildi», - deya ma'lum qilgan Gerashchenko.

Uning so‘zlariga ko‘ra, qotillikni sahnalashtirish uslubi «dunyo kabi eskidir».

«Arkadiy Babchenko o‘zi aytishi mumkin edi: «kechirasizlar, men bunday xatarga borishni xohlamayman». Biroq u, buyurtmachilar va tashkilotchilar o‘rtasidagi aloqani oxirigacha hujjatlashtirish zarurligini tushunib, bu ishga bordi», - deya aniqlik kiritgan Gerashchenko.

Babchenko o‘ldirilgani haqidagi xabar 29 may oqshomida paydo bo‘ldi. Ertasi kuni UXX jurnalistning tirik ekani, Babchenkoning o‘ldirilishi haqiqiy suiqasd tashkilotchilarini qo‘lga olish maqsadida sahnalashtirilganini e'lon qildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kreml Babchenko voqeasiga munosabat bildirgandi.

Mavzuga oid