Jahon | 15:42 / 31.05.2018
8033
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiya: «Skripallar mavzusi» JCh-2018ga xalaqit berish uchun foydalanilmoqda

Foto: RIA Novosti / Yevgeniy Samarin

«Skripallar mavzusi»ni to‘xtovsiz tilga olish Rossiyadagi futbol bo‘yicha 2018 yilgi jahon chempionatini o‘tkazishda turli to‘siqlar keltirib chiqarishga qaratilgan. Bu haqda «RIA Novosti» Rossiya TIVning alohida topshiriqlar bo‘yicha elchisi Andrey Nesterenkoga asosan xabar bermoqda.

«Britaniya OAVda paydo bo‘lgan xabarlarga kelsak, bu, aftidan, ushbu mamlakat siyosiy rahbariyatining umumiy kursi bilan bog‘liq. Ular bizda futbol bayrami o‘tkazilmasligini xohlamoqda», - deya ma'lum qildi amaldor.

Shuningdek, Nesterenkoning fikricha, «Skripallar mavzusi» Rossiyadagi futbol bo‘yicha jahon birinchiligiga turli to‘siqlar keltirib chiqarish maqsadida avj oldirilmoqda.

«U yerda uchinchi jahon urushi yuz berishi haqida ham bayonotlar berilmoqda. Mening fikrimcha, bu ahmoqlik. Bu bizning tadbirimizni buzmoqchi bo‘lganlar ixtirosi, ular turli siyosiy mavzular spekulyatsiyasi bilan shug‘ullanmoqda», - deya qayd etib o‘tdi u.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Putin G‘arb davlatlarini «qizil chiziqdan» o‘tmaslikka chaqirgandi. 

Mavzuga oid