Qirg‘izistonning sobiq bosh vazir o‘rinbosari qidiruvda
Qirg‘iziston davlat milliy xavfsizlik qo‘mitasi (DMXQ) sobiq bosh vazir o‘rinbosari Asqarbek Shodiyevga nisbatan qidiruv e'lon qildi, zero u qidiruv organlaridan atay qochib yuribdi, deyiladi vb.kg saytida.
DMXQ ma'lumotlariga ko‘ra, 28 aprel kuni jinoiy ish qo‘zg‘atilganidan keyin Jo‘gorku Kenesh deputati, sobiq bosh vazir o‘rinbosari Asqarbek Shodiyev Qirg‘iziston diplomatik pasportidan foydalanib, "Xo‘jand-Moskva" yo‘nalishida parvoz qilgan, u yerdan esa Nyu-Yorkka yo‘l olgan.
Qarindoshlarining ma'lumotlariga ko‘ra, Shodiyev davolanishga ketgan bo‘lib, 1-2 haftada qaytishi kerak bo‘lgan.
2018 yilning 31 may kuni QR DMXQ Ch.Aytmatov nomidagi mukofot pulini topshirishga ajratilgan 30 ming dollar miqdoridagi budjet vositalarini o‘zlashtirilishi munosabati bilan deputat Shodiyevga nisbatan Jinoyat kodeksining "Lavozimini suiiste'mol qilish"ga doir moddasi bo‘yicha ayblov qo‘yiladi. Xuddi shu kuni Bishkek shahrining "Pervomayskiy" tuman sudi qarori bilan unga nisbatan qo‘lga olish ko‘rinishidagi ehtiyot chorasi tanlandi.
Mazkur jinoiy ish 2018 yilning 28 aprelida QR Bosh prokuraturasi tomonidan qo‘zg‘atilgan. Tergov versiyasiga ko‘ra, bir kun avval Shodiyev Isfan shahridagi (Tojikiston tomonda) qarindoshining dafn marosimiga ketgan bo‘lgan.
Mavzuga oid
18:48 / 28.09.2024
Xitoydan Qirg‘iziston orqali o‘tadigan temir yo‘lning O‘zbekistondagi qismi qachon qurilishi ma’lum bo‘ldi
20:44 / 26.09.2024
Sadir Japarov Asqar Akayevning Qirg‘iziston prezidenti lavozimida qilgan uchta asosiy xatosini aytdi
09:55 / 25.09.2024
Saidikrom Niyozxo‘jayev O‘zbekistonning Qirg‘izistondagi elchisi etib tayinlandi
20:32 / 24.09.2024