Jahon | 22:54 / 02.06.2018
1714
2 daqiqa o‘qiladi

Quyosh superbo‘roni butun sayyoramiz bo‘ylab elektron qurilmalarni ishdan chiqarishi mumkinligi aytildi June 25, 2018

AQShning Atmofsera tadqiqotlari milliy markazi olimlarining fikricha, yaqin orada Quyoshda superchaqnoq yuz berishi va yulduz sirtida kuchli termoyadroviy portlash oqibatida sun'iy yo‘ldoshlar va Yerdagi elektron qurilmalarni yo‘q qilishga qodir quyosh nurlanishining kuchli oqimi kuzatilishi mumkin. Bu haqda Business Insider nashri ma'lum qildi. Olimlarning ta'kidlashicha, insoniyat hanuzgacha bunday hodisalardan himoyalanish va ularshi qarshi turishning samarali vositalarini yarata olmagan.  

Olimlarning aytishicha, quyosh faolligining pasayishiga qaramay, bunday portlash oqibatlari falokatli bo‘lishi mumkin – yuz beradigan yangi geomagnit bo‘ron tarixda qayd qilingan eng kuchlisi – 1859 yildagi quyosh superbo‘ronidan ham kuchliroq bo‘lishi mumkin. O‘shandagi elektromagnit bo‘ron oqibatida butun dunyo bo‘ylab telegraf va radioaloqa ishlamay qolgan.

2012 yilda ham Quyosh Yerni shunday “o‘qqa tutgandi”, biroq elektromagnit bo‘ron sayyoramiz oldidan o‘tib ketgan. Biroq yaqin yillarda sayyoramizni “nishonga bexato uradigan” quyosh bo‘roni yuz berishi mumkin. 

Olimlarning aytishicha, insonlarning elektron tizimlar va sun'iy yo‘ldoshlarga jiddiy bog‘langani sababli bunday superbo‘ron yetkazadigan ziyon 2 trln dollarni tashkil qilishi mumkin. Bunday elektromagnit bo‘ron “qurbonlari” nafaqat sun'iy yo‘ldoshlar va navigatsiya, balki elektron qurilmalar ham bo‘lishi mumkin. 

Mavzuga oid