Namanganda mudhish YTH: 4 kishi halok bo‘ldi, 6 kishi jarohat oldi
1 iyun kuni Namangan viloyatining Kosonsoy tumanida yashagan Sh.U. hech qanday hujjatlarsiz “Lasetti” rusumli avtomashinasini Bog‘ishamol-2 mahallasi hududida haydab ketayotib, boshqaruvni eplay olmay qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketib, qarshisidan kelayotgan S.M. boshqaruvidagi “Neksiya” avtomashinasi bilan to‘qnashuv sodir etgan.
Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.
Hodisa natijasida S.M. boshqaruvidagi “Neksiya” avtomashinasi yo‘l chetida to‘xtab turgan Yu.U. boshqaruvidagi yana bir “Neksiya” avtomashinasiga borib urildi.
Mazkur yuz bergan baxtsiz hodisada “Lasetti” avtomashinasi haydovchisi Sh.U., “Neksiya” avtomashinasi haydovchisi S.M. va uning 2 nafar yo‘lovchisi olgan jarohatlari tufayli voqea joyida vafot etgan.
Shuningdek, S.M. boshqaruvidagi “Neksiya” avtomashinasidagi 3 nafar yo‘lovchi, Yu.U. boshqaruvidagi yo‘l chetida turgan “Neksiya” avtomashinasi salonidagi 1 nafar yo‘lovchi hamda “Lasetti” avtomashinasining 1 nafar yo‘lovchisi turli darajadagi tan jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qoraqalpog‘istonda yuz bergan YTH oqibatida haydovchi va yo‘lovchi vafot etgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
14:54 / 26.09.2024
Namanganda avval ham firibgarlik uchun sudlangan shaxs yana shunday jinoyatga qo‘l urdi
20:05 / 12.09.2024
Hududlarda tadbirkorlar quyosh panellarini o‘rnatishga majburlanmoqda. Vazirlik tomoshabinmi?
13:05 / 05.09.2024
Xitoy Namanganda misni qayta ishlash zavodini qurishi mumkin
10:27 / 20.08.2024