“Tangri, qirolichani asra”: Yelizaveta II’ning taxtga o‘tirishi marosimiga 65 yil to‘ldi (fotojamlanma)
2 iyun kuni Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II’ning taxtga o‘tirishi marosimiga 65 yil to‘ladi. U otasi vafotidan keyin 25 yoshida taxtni egallagan.
U haqda ko‘pchilik britaniyaliklar “Qirolichalik qiladi, biroq hukmronlik qilmaydi”, deb aytishadi. Biroq bunday emas. Qirolicha davlat rahbari hisoblanib, mamlakat bosh vaziri bilan muntazam uchrashuvlar o‘tkazadi. U o‘z mavqeiga ko‘ra, daxlsizlik saqlaydi.
Qirolicha britan monarxlari ichida taxtda eng ko‘p qolayotgan monarx hisoblanadi. Uni yoshiga qaramay, bashang kiyimlarda va shu bilan birga rezina etiklarda ko‘rish mumkin.
Ikkinchi jahon urushini boshdan o‘tkazgan ko‘pchilik keksa britaniyaliklar uning radio orqali ilk murojaatida hayajondan titroq bosgan ovozini yaxshi eslay olishadi: u 13 yoshida urushdan aziyat chekkan bolalarga dalda beruvchi so‘zlar bilan murojaat qilgan. Bugungi kunda esa britaniyaliklar Britaniya madhiyasining “Tangri, qirolichani asra” degan qatorlarini kuylab, qirolichaga har kun murojaat qilishadi.
Mavzuga oid
21:52 / 17.09.2024
Buyuk Britaniya noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashga 75 mln funt ajratadi
20:09 / 14.09.2024
Britaniyada ayol farzandini «ikki marta tug‘di»
21:51 / 13.09.2024
Britaniyada Yelizaveta II ning yangi haykali paydo bo‘ldi. U ko‘plab bahslarga sabab bo‘lmoqda
16:34 / 13.09.2024