Jahon | 01:17 / 03.06.2018
141634
4 daqiqa o‘qiladi

«Bir piyola suv bilan ro‘za tutayapman...»

Suriyaning Idlib shahrida joylashgan qochqinlar lagerida istiqomat qilayotgan besh bolaning onasi Fadiya Hanzal «Ramazon oyi boshlanganidan buyon bir piyola suv bilan ro‘za tutib kelmoqdaman», dedi. Bu haqda “Anado‘lu” agentligi xabar bermoqda.Suriyaning Idlib shahrida joylashgan qochqinlar lagerida besh bolasi bilan istiqomat qilayotgan Fadiya Hanzal Ramazon oyini yemaksiz o‘tkazmoqda. Hayit yaqinlashar ekan, o‘z bolalariga bayramga yangi kiyim-kechak xarid qilishga ham imkoniyati yo‘q ona tinchlik rejimining tezroq qaytishini duo qilib so‘ramoqda.

Foto: aa.com.tr

Suriyadagi fuqarolik urushi tufayli Ramazon oyida ham mamlakatning turli burchaklarida millionlab insonlar ustiga bomba yog‘dirilmoqda.

Bu yil Ramazonni o‘tkazish eng qiyin bo‘lgan joylardan biri qochqinlar lageri bo‘lib turibdi.

Bashar Asad rejimining zarbalariga duchor bo‘layotgan, o‘z yashash joylaridan ko‘ra bir qadar xavfsizroq bo‘lgan lagerlarga ko‘chgan o‘n minglab oilalar Ramazon oyida yordam kutishmoqda.

Idlibdagi «Shuhado» (shahidlar) lagerida yashayotgan Fadiya Hanzal “Anado‘lu” agentligi muxbiriga Ramazon oyi kirib kelganidan buyon ro‘za tutayotganini ma'lum qilgan.

Foto: aa.com.tr

Hama viloyatidan ko‘chishga majbur bo‘lgan Hanzal Suriyaning Turkiya bilan chegaradosh hududidagi qochqinlar lagerida besh bolasi bilan hech qanday daromadlarsiz o‘z hayotini davom ettirmoqda.

Hanzal o‘zining moliyaviy ahvoli o‘ta tang ekanligini bayon etib, shunday dedi: «Oshxonada yeyishga hech vaqo yo‘q, bolalarimning xohishi meni ezadi, ularning istagini qondira olmayapman. Bolalarim Ramazon oyi boshlangach mevalar, go‘shtli mahsulotlar yeyishni istashdi, lekin mening olib berishga qurbim yo‘q».

Asad rejimi shifoxonalaridan birida tutqunda bo‘lgan 32 yoshli Hanzal shunday deydi: «Rejim askarlari erim, qaynotam va ukamni 2014 yilda hibsga olgan. Asad rejimi tarafdorlari oilamizga bosim va tahdidni boshlab yuborishdi. Men eng kichik qizimga homiladorlik chog‘imdan boshlab boshqa bolalarim bilan lagerma-lager ko‘chib yurishga majbur bo‘ldim».

Hanzal yana shunday deydi: «Hayit yaqinlashmoqda. Bolalarim ham bayram yaqinlashayotganini bilishadi. Ular yangi kiyim-kechak istashadi, lekin men olib bera olmayman. Menda bor yo‘g‘i 500 suriya lirasi (5 turk lirasi) mablag‘ qolgan. Bolalarim o‘tgan yildan buyon yangi libos kiyishmagan».

«Lagerda nishonlaydigan ilk bayramimizda bolalarimni o‘z otalarini so‘rashayotgani hayotimdagi eng qiyin lahzalardan biri bo‘lyapti. Men ulardan tutqunlikdagi otasi haqiga duo qilishlarini istayman. Allohdan farzandlarimning otasini sog‘-salomat qaytarib berishini iltijo qilaman», - dedi Fadiya Hanzal.

Mavzuga oid