Trampning saratondan aziyat chekayotgan senatorni mazax qilgan yordamchisi lavozimidan bo‘shatildi
AQSh prezidenti Donald Trampning yordamchisi Kelli Sedler Oq uyda boshqa ishlamasligi ma'lum qilindi. Sedler may oyida jurnalistlar bilan suhbatda saratondan aziyat chekayotgan senator Jon Makkeyn haqidagi so‘zlari bilan yodda qolgandi: “Senator Makkeynning FQB rahbari tayinlanishi borasidagi fikri muhim emas, chunki uning umri oz qoldi”.
“Kelli Sedler prezident ma'muriyatida boshqa ishlamaydi”, deb qisqagina izoh bergan Sedlerning bo‘shatilishiga Oq uy matbuot kotibi o‘rinbosari Raj Shax.
Tramp ma'muriyati Sedlerning Makkeyn haqidagi so‘zlari uchun uzr so‘rashiga to‘g‘ri kelgan, Tramp esa senatorning sog‘lig‘i haqidagi ma'lumotlarning chetga chiqib ketishida aybdorlarni topishga va'da bergan. Senatorning yaqinlari esa Sedlerning bo‘shatilishini talab qilishgandi.
Mavzuga oid
23:13 / 13.07.2023
Oq uyda topilgan kokainning egasi aniqlanmadi
13:52 / 07.07.2023
Oq uy Ukraina bo‘yicha norasmiy muzokaralar o‘tkazilganini tasdiqladi
11:04 / 25.03.2023
Saida Mirziyoyeva Oq uyda Jo Baydenning yordamchisi bilan uchrashdi
17:55 / 07.07.2022