Jahon | 16:54 / 07.06.2018
67424
1 daqiqa o‘qiladi

Afg‘oniston prezidenti toliblar bilan sulh haqida e'lon qildi

Foto: AP Photo/Hamed Sarfarazi

Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani Ramazon oyi yakunlanishi va Ramazon Hayiti bayrami tufayli «Tolibon» radikal harakati bilan vaqtinchalik sulhga erishilgani haqida ma'lum qildi. 

«Afg‘oniston hukumati Ramazonning 27 kunidan (11 iyun) Ramazon Hayiti beshinchi kuniga (19 iyun) qadar sulh haqida e'lon qiladi», - deya yozgan G‘ani Twitter’da.

«Sulh «Tolibon»ga zo‘ravonlik kampaniyasi odamlarni o‘ziga tortmasligi, balki afg‘on xalqi bu g‘oyalardan yanada itarib tashlashini tushunishi uchun imkoniyat sanaladi», - deyiladi prezident xabarida.

G‘anining xabar berishicha, Afg‘oniston xavfsizlik kuchlari «faqatgina «Tolibon» harakati a'zolariga qarshi hujumlarni to‘xtatadi va IShID hamda xorijiy davlatlar tomonidan qo‘llab-quvvatlanuvchi boshqa terrorchilik tashkilotlari bilan kurashni davom ettiradi».

Mavzuga oid