Sport | 14:45 / 08.06.2018
25942
1 daqiqa o‘qiladi

Futbolga siyosat aralashganda. Karlush Keyrush FIFAga iltimos bilan chiqdi

Foto: Getty Images

Eron terma jamoasi bosh murabbiyi Karlush Keyrush Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA)ni ekipirovka ishlab chiqaruvchi taniqli korxona bilan bir qarorga kelishga chaqirdi. Bu Eron jamoasiga e'lon qilingan boykot tufayli yuz berdi, deb xabar qilmoqda Eronning Press TV telekanali.

«O‘yinchilar o‘zlarining sport liboslariga o‘rganib qolishgan, hamda uni shunday muhim o‘yinlardan bir hafta avval o‘zgartirish umuman noto‘g‘ri narsadir. Biz FIFAni bu masalada bizga yordam berishga chaqiramiz», - deya ma'lum qilgan mutaxassis.

AQShga tegishli bo‘lgan sport kiyimlari ishlab chiqaruvchi taniqli korxona Qo‘shma Shtatlarning Eronga qarshi sanksiyalari rejimi kuchaytirilgani sababli ushbu davlat milliy termasi bilan hamkorlikni to‘xtatib qo‘ydi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Saudiya Arabistonida JCh-2018 ko‘rsatilmasligi mumkin ekani xabar qilingandi. 

Mavzuga oid