Jahon | 17:10 / 09.06.2018
8384
2 daqiqa o‘qiladi

Hindistonda po‘rtana oqibatida kamida 30 kishi halok bo‘ldi

Hindiston shimolidagi Uttar-Pradesh shtatida kuzatilgan po‘rtana oqibatida kamida 30 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda NDTV telekanali xabar bermoqda.

Xabarga ko‘ra, Hindiston shimoliy qismida momaqaldiroqlar yaqin kunlar ichida ham davom etadi. Xususan, odamlarning halok bo‘lishiga daraxtlar, tomlar qulashi va yashin urishi sabab bo‘lgan.

OAV ma'lumotiga ko‘ra, Ameti hamda Ray-Bareli shaharlarida 11 kishi halok bo‘lgan va 16 inson jarohat olgan. Sultonpur shahrida besh kishi qurbon bo‘lgan bo‘lsa, shtat markaziy qismida joylashgan Sitapur va Baxraych shaharlarida yana ikki kishi hayotdan ko‘z yumdi.

Foto: Twitter /ANINewsUP
Foto: Twitter /ANINewsUP

Bundan tashqari, Uttar-Pradesh sharqida yashin urishi tufayli 10 kishi, jumladan besh ayol va ikki bola halok bo‘ldi.

Telekanalning ta'kidlashicha, shtatda kuchli yomg‘irlar ekstremal jazirama issiq ob-havo sharoitida kuzatilmoqda. Kamida ikki inson quyosh urishi tufayli vafot etdi.

Mavzuga oid