Shavkat Mirziyoyev taklifiga ko‘ra ShHT davlat rahbarlarining Yoshlarga qo‘shma murojaati qabul qilindi
ShHT Davlat rahbarlari kengashi majlisidan so‘ng hujjatlarni imzolash marosimi bo‘ldi.
Sammit natijalari bo‘yicha Tsindao deklaratsiyasi qabul qilindi. Yana bir qator hujjatlar imzolandi.
«O‘zbekiston Prezidentining taklifiga muvofiq ShHT davlat rahbarlarining Yoshlarga qo‘shma murojaati qabul qilingani sammitning yana bir ahamiyatli voqeasi bo‘ldi», deyiladi xabarda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktori Vladimir Norov ShHT Bosh kotibligiga tasdiqlandi.
Tojikiston vakili Jumaxon G‘iyosov ShHT Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi ijroiya qo‘mitasi direktori etib tayinlandi.
Shanxay hamkorlik tashkilotiga raislik Qirg‘iziston Respublikasiga o‘tdi.
Mavzuga oid
16:17 / 25.09.2024
Shavkat Mirziyoyev: “Kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha O‘zbekiston tajribasini yaratdik”
16:16 / 25.09.2024
Toshkentdan Buxorogacha tezyurar poyezdlar uchun yangi temiryo‘l quriladi - prezident
16:06 / 25.09.2024
Shavkat Mirziyoyev OIIB boshqaruvchilarining yillik uchrashuvi ochilishida ishtirok etdi
21:24 / 23.09.2024