Tramp AQShga qarshi bojlar kiritilishiga ruxsat bermasligini aytdi
Vashington boshqa davlatlarga AQSh biznesiga qarshi bojlar kiritishga ruxsat bermaydi. Bu haqda AQSh prezidenti Donald Tramp tvitterda yozdi.
Tramp bunday xabarni Kanadada “Katta yettilik” sammiti yakunlangandan keyin qoldirgan.
“AQSh boshqa davlatlar davlatimizga o‘z mahsulotini yig‘imlarni to‘lamasdan jo‘natayotgan bir paytda ularga fermerlarimiz, ishchi va kompaniyalarimizga qarshi katta bojlar va savdo cheklovlari kiritishga ruxsat bermaydi. Biz o‘nlab yillar savdoda o‘zboshimchalikka chidadik va bu juda uzoq cho‘zilib ketdi”, deb yozgan Tramp.
Tramp “Katta yettilik” sammitidan biroz avvalroq Yevropa ittifoqi va Kanadadan import qilinuvchi po‘lat va alyuminiyga bojlar kiritgandi. 7 iyunda “Blumberg” axborot agentligi Fransiya Germaniyadan keyin AQSh bilan bir qator masalalar bo‘yicha kelishmovchilik ortida G7 sammitining qo‘shma bayonotini imzolamasligi mumkinligini Vashingtonga tushuntirib qo‘yganini ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
20:34 / 27.09.2024
Zelenskiy Nyu Yorkda Tramp bilan uchrashdi
18:31 / 27.09.2024
“100 mln dollarlik gazning havoga uchishi to‘xtaydi” - AQSh kompaniyasi O‘zbekistonda gaz tarmoqlarini ta’mirlamoqda
22:34 / 26.09.2024
AQSh va Yevropa Putinning yangi yadroviy tahdidlariga javob qaytardi
07:30 / 26.09.2024