Iqtisodiyot | 14:21 / 11.06.2018
99577
1 daqiqa o‘qiladi

Dollarning rasmiy kursi yana pasaydi

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 2018 yil 12 iyundan boshlab valyuta operatsiyalari bo‘yicha buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarni yuritish, shuningdek, bojxona va boshqa majburiy to‘lovlari uchun xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan quyidagi qiymatini belgiladi.

Unga ko‘ra, 1 AQSh dollari 34,70 so‘mga arzonlagan va 1 dollar 7909 so‘mu 37 tiyinga teng bo‘lib turibdi. 

Yevro kursi esa 43,37 so‘mga ko‘tarilib,  9306.16  so‘mni tashkil qilgan.

1 Rossiya rubli kursi 1,01 so‘mga arzonlab, 126.72 so‘m bo‘lib turibdi.

Eslatib o‘tamiz, fevral oyi boshida 8200 so‘mga yaqinlashgan dollar kursi, keyingi haftalar davomida kurs uzluksiz arzonlay boshladi.

Ma'lumot uchun, valyuta qiymatini belgilash chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.

Mavzuga oid