Sayyor sud majlisida yangi gaz konidan quvur o‘g‘irlaganlar ishi ko‘rildi
Andijon viloyati Buloqboshi tumanidagi 14-sonli musiqa va san'at maktabi ma'muriy binosida sayyor sud majlisi bo‘lib o‘tdi. Tuman ma'muriy sudining raisi Akmaljon Shermatov raisligida bo‘lib o‘tgan jarayonda ma'muriy ish ko‘rib chiqildi.
Shu yil aprel oyining 17, 21 aprel kunlari tumanda ish olib borayotgan “Qo‘qon neftgaz parmalash ishlari” AJga qarashli Uchtepa-11 burg‘ilash maydonidan katta qiymatdagi turli diametrli burg‘ilash quvurlari o‘g‘irlangan.
Jamiyat ishchisi F. Homidov noqonuniy yo‘llar bilan pul topish ilinjidagi fuqarolar – T. Qurbonov, O‘. Muhammadiminov va aka-uka Olimjonovlar, 17 aprel kuni Uchtepa-11 burg‘ilash maydonidan 2 dona 89 mm diametrli, har birini uzunligi 9 metrdan iborat umumiy qiymati 1 238 313 so‘mlik burg‘ilash trubalarini, 21 aprel kuni esa umumiy qiymati 3 596 553 so‘mlik burg‘ilash trubalarini o‘g‘irlash orqali talon-toroj qilishgan.
Sayyor sud majlisi davomida mehnatsiz daromad izlagan o‘g‘rilar to‘dasi vakillari o‘z ayblariga iqror bo‘lishdi. Sud qaroriga asosan “Qo‘qon neftgaz parmalash ishlari” AJga huquqbuzarlik oqibatida yetkazilgan ziyon to‘liq qoplanganligini e'tiborga olingan holda fuqarolarga qonunda belgilangan jazo berildi.
Elmurod Ermatov
KUN.UZ muxbiri
Mavzuga oid
23:14 / 23.09.2024
YouTubeʼning eng mashhur yulduzi MrBeast’ga sud tahdid solmoqda
13:44 / 23.09.2024
Qaynota, kursdosh va boshqa yaqinlar: 150 milliardlik zarar hisoblangan jinoyatda Aziz Voitov nimalarda ayblanyapti?
19:55 / 19.09.2024
«Sudya mustaqilligini ta’minlash uchun o‘z ustida ishlashi kerak» - Sudyalar oliy kengashi
16:25 / 19.09.2024