Iqtisodiyot | 15:51 / 11.06.2018
9364
1 daqiqa o‘qiladi

Xiaomi 2018 yilning I choragida 28 milliondan ziyod smartfon sotdi

Foto: Getty Images

Xiaomi kompaniyasi 2018 yilning birinchi choragida 28,4 million smartfon sotishga muvaffaq bo‘lganini ma'lum  qildi. Kompaniyaning bu davrdagi faqat smartfonlarning o‘zidan tushgan daromadi 3,6 milliard dollarni tashkil qildi, deyiladi gizchina.com saytida. 

Tadqiqotlar va ishlanmalarga yo‘naltirilgan mablag‘lar 172 million dollar yoki umumiy aylanmaning 3,21 foizini tashkil qiladi. Ta'kidlash joizki, 2017 yilda kompaniya tadqiqot va ishlanmalarga 491 million dollar (umumiy aylanmaning 2,75 foizi) sarflagan.

Shuningdek kompaniya qaysi smartfonlar ko‘proq ommalashayotgani haqida ma'lum qilgan. Sotilgan smartfonlarning 11 millionga yaqini 125 dollargacha bo‘lgan narxdagi telefonlardir. Ular 846 million dollar daromad keltirgan.

125 dollardan 205 dollargacha bo‘lgan smartfonlar sotuvlari esa 10,9 million ko‘rsatkichni qayd etdi. 

465 dollar va undan yuqori baholangan flagman smartfonlar sotuvlari 496 mingtani tashkil qildi.

Mavzuga oid