Jahon | 23:52 / 12.06.2018
10928
1 daqiqa o‘qiladi

Ispaniya qirolining kuyovi ozodlikdan mahrum etildi

Foto: Republica.com

Ispaniya oliy sudi mamlakat qiroli Filipp VI’ning kuyovi Inyaki Urdangarinni ozodlikdan mahrum etish hukmini chiqardi. Sud uni moliyaviy firibgarliklar va jamoat jamg‘armalaridan bir necha million yevroni maqsadga nomuvofiq ishlatishda aybdor deb topib, 5 yil 10 oyga panjara ortiga jo‘natishga qaror qildi 

Aniqlanishicha, Urdangarin o‘z firmasi orqali aslida o‘tkazilmagan tadbirlar uchun gonorarlar o‘zlashtirib olgan. 

Urdangarin ishi 2008 yildan beri olib borilgan. Prokuratura unga 19 yil berilishini so‘ragan.  

Palma gersogi, 50 yoshli Urdangarin qirol Filippning singlisi malika Kristinaning turmush o‘rtog‘i bo‘lib, Nóos notijorat tashkilotiga rahbarlik qilgan. Bu tashkilotning vazifalariga Ispaniya sporti rivojlanishiga ko‘mak ko‘rsatish kirgan.

Mavzuga oid