Kim Chen In Trampning taklifini qabul qilgan
AQSh prezidenti Donald Trampning va'da qilishicha, Pxenyanga «eng qulay vaqtda» tashrif buyuradi.
Shuningdek, uning so‘zlariga ko‘ra, Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In Singapurdagi tarixda birinchi marta tashkil etilgan Amerika-Shimoliy Koreya sammiti yakunlari bo‘yicha Oq uyga kelish taklifini qabul qilgan. Bu haqda CNN xabar bermoqda.
Trampning so‘zlariga ko‘ra, Kim Chen In Oq uyga «qulay vaqtda, biroz keyinroq» tashrif bilan keladi.
Seshanba, 12 iyun kuni, Singapurda AQSh - Shimoliy Koreya sammiti bo‘lib o‘tdi. Davlatlar yetakchilari Sentos orolidagi «Kapella» mehmonxonasida yakuniy hujjatni imzolashdi, uni Tramp va Kim Chen In «atroflicha», deb atadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp Kim Chen In bilan uchrashgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
18:21 / 19.09.2024
Do‘stona davlatlar bo‘ylab turne. Shoyguning KXDR, Eron va Suriyaga tashriflari ortida nima bor?
14:33 / 10.09.2024
Shimoliy Koreya yadroviy salohiyatini sezilarli darajada oshiradi
22:11 / 31.08.2024
Putin Kim Chen Inga 24 bosh ot sovg‘a qildi
21:03 / 31.08.2024