Jahon | 10:35 / 12.06.2018
23323
1 daqiqa o‘qiladi

Orlandoda garovga olingan barcha bolalar o‘lik holda topildi

Foto: AP /John Raoux

AQShning Orlando shahrida to‘rt nafar bolani 12 soat davomida garovda ushlab turgan erkak o‘z joniga qasd qildi, bolalar o‘lik holda topilgan. Bu haqda CNN xabar bermoqda.

Ta'kidlanishicha, bolalar kecha, 11 iyun kuni kechqurun o‘lik holda topilgan.

Avvalroq, erkak 1, 7, 10 va 12 yoshdagi bolalarni garovga olib, xonadonga yashiringani xabar qilingandi.

Politsiyaga ayol kishi murojaat qilib, tanishi uni do‘pposlaganini aytgan. Huquqni muhofaza qilish organi xodimlari erkakni qo‘lga olishga harakat qilishganida, u o‘t ochdi va politsiyachilardan birini jarohatladi. Shundan so‘ng erkak xonadonga yashirinib, bolalarni garovga olgandi. 

Mavzuga oid