O‘zbekiston | 12:33 / 13.06.2018
9272
10 daqiqa o‘qiladi

Yil boshidan beri qancha yangi korxona tashkil etilgani ma'lum

Foto: UzA

2018 yilning yanvar-may oyida respublikada 25,2 mingtaga yaqin korxonalar va tashkilotlar yangi tashkil etildi, bu esa o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 3,4 mingtaga ko‘pdir. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar bermoqda.

Shuningdek, faoliyati tugatilgan korxona va tashkilotlarning soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 10,1%ga kamaygan hamda ularning soni 6,9 mingtani tashkil etganligini kuzatish mumkin.

Buning natijasida joriy yilning boshiga nisbatan faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 17,8 mingta (6,2%)ga o‘sgan hamda ularning umumiy soni 303,3 mingtani tashkil etgan. 

Faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar va tashkilotlarning asosiy ulushi Toshkent shahrida (21,1%), Toshkent (9,6%), Farg‘ona (8,9%) va Andijon (8,6%) viloyatlarida kuzatilmoqda. 

Korxonalar va tashkilotlarning umumiy sonida faoliyat ko‘rsatayotganlarning ulushi 95,1%ni, shu bilan birga jami korxona va tashkilotlarning umumiy soniga nisbatan faoliyat ko‘rsatmayotganlarning ulushi 4,9%ni tashkil etganligini ko‘rsatmoqda va bu ko‘rsatkich esa yil boshiga nisbatan taqqoslanganda o‘zgarishsiz qolgan. 

Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlarning umumiy soniga nisbatan 22,0% savdoda, 17,2% sanoatda, 8,7% qurilishda, 7,5% qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligida, 6,0% yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlarda, 4,1% tashish va saqlash, 2,2% axborot va aloqa, 2,1% sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish va 30,2% boshqa faoliyat turlari hissasiga to‘g‘ri keladi.

2018 yil yanvar-may holatiga 25 219ta korxonalar va tashkilotlar yangi tashkil etilgan. Bu esa 2017 yilning shu davriga nisbatan qaraganda 15,4%ga ko‘pdir. Eng ko‘p yangi tashkil etilgan korxonalar va tashkilotlar Toshkent shahrida (5444 ta), Toshkent (1965 ta), Farg‘ona (2422 ta) va Samarqand viloyatlarida (1983 ta) tashkil etilgan. Eng kam Sirdaryo (680 ta), Xorazm (918 ta) hamda Navoiy (996 ta) viloyatlarida tashkil etilgan. 

Agar iqtisodiy faoliyat turlari kesimida ko‘rilsa, eng ko‘pi savdoda (5156 ta), sanoatda (4914 ta), qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligida (2835 ta) va qurilishda (2810 ta) sohalarida tashkil etilgan. Eng kami esa sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlarda (570 ta), axborot va aloqada (583 ta) hamda tashish va saqlashda (889 ta) tashkil etilganligi kuzatilmoqda. 

Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha o‘tgan yilning shu davriga nisbatan faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning ulushi sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatishda (-0,7 f.p) va savdoda (-0,6 f.p), kamayganligi, buning natijasida sanoatda (+0,6 f.p.), qurilishda (+0,3 f.p.), qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligida (+0,2 f.p.), yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlarda hamda boshqa faoliyat turlarida (+0,1 f.p dan) ulushining o‘sishiga olib keldi.

2018 yil 1 iyun holatiga 247,1 ming tijorat shaklidagi korxonalar va tashkilotlar faoliyat ko‘rsatayotgan bo‘lib, shundan xususiy korxonalar – 71,3 mingta, oilaviy korxonalar – 13,3 mingta, mas'uliyati cheklangan jamiyatlar – 155,2 mingta, aksiyadorlik jamiyatlari – 0,6 mingtani va boshqalar 6,7 mingtani tashkil etadi.

2018 yil 1 iyun holatiga faoliyat ko‘rsatayotgan xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar soni 6127 tani tashkil etdi. O‘tgan yilning shu davriga nisbatan 933 taga yoki 18,0%ga o‘sgan. Shuningdek Xorijiy kapital ishtirokidagi faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalardan 3374 tasi qo‘shma korxonalar, 2753 tasi esa xorijiy korxonalar hisoblanadi. 

Xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalarning asosiy qismi Toshkent shahar 3949 ta (64,5%), Toshkent viloyati 677 ta (11,0%) va Samarqand viloyatlari 331 ta (5,4%) hissalariga to‘g‘ri keladi. Eng kam xorijiy kapital ishtirokida tashkil etilgan korxonalar Xorazm viloyati 51 ta (0,8%), Qashqadaryo viloyati 58 ta (0,9%), Navoiy viloyati 69 ta (1,1%) va Surxondaryo viloyati 89 ta (1,5%) hissalariga to‘g‘ri keladi. Bu esa mazkur hududlarda xorijiy hamkorlar bilan ishlashni, investitsiyalar jalb etish borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlarni yanada rivojlantirishni talab etadi.

Agar faoliyat yuritayotgan xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalarni iqtisodiy faoliyat turlari kesimida ushbu ma'lumotlarni 2018 yil 1 iyun holatiga ko‘rsak eng ko‘p sanoatda 2596 ta (42,4%), savdoda 1265 ta (20,6%) hamda boshqa faoliyat turlarida esa 1051 ta (17,2%) tashkil qilgan, eng kamlari esa sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatishda 86 ta (1,4%), axborot va aloqada 151 ta (2,5%), tashish va saqlashda 180 ta (2,9%) qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi 209 ta (3,4%), yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlarda 243 ta (4,0%) va qurilishda 346 ta (5,6%) tashkil qilgan. Shundan ko‘rinib turibdiki, faoliyat yuritadigan xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalarning asosiy qismi sanoat va savdo faoliyat turiga to‘g‘ri kelarkan. Shuningdek, eng kam ulushi esa sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar hamda axborot va aloqa faoliyat turlariga to‘g‘ri keladi. 

2018 yilning yanvar-may oyida xorijiy kapital ishtirokidagi ro‘yxatdan o‘tgan yangi korxonalarning soni 776 tani tashkil qilgan. Bu ko‘rsatkich esa o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 496 taga ko‘paygan yoki 2,8 baravarga oshgan.

Bunda, Rossiya Federatsiyasi rezidentlari kapitali ishtirokida – 158 ta, Turkiya Respublikasi – 118 ta, Qozog‘iston Respublikasi – 87 ta, Xitoy Xalq Respublikasi 106 ta va Koreya Respublikasi– 70 ta yangi korxonalar ro‘yxatdan o‘tgan. Shuningdek, 2018 yilda Afg‘oniston Islom Respublikasi, Hindiston Respublikasi, Germaniya Federativ Respublikasi, Ukraina, Ozarboyjon Respublikasi va boshqa davlatlar rezidentlari qo‘shma faoliyatga qiziqish bildirdilar. 

Yangi tashkil etilgan xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalarni iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha ko‘riladigan bo‘lsa, asosan sanoatda 256 ta, savdoda 207 ta, qurilishda 75 ta, qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligida 65 ta va boshqa faoliyat turlarida 173 ta xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar yangi tashkil etilgan. 

2018 yil 1 iyun holatiga respublikada faoliyat ko‘rsatayotgan kichik korxona va mikrofirmalarning soni 245,1 mingtani tashkil qilgan. Bu ko‘rsatkich 2017 yil 1 iyun holatiga qaraganda 7,5%ga oshgan. Faoliyat ko‘rsatayotgan kichik korxona va mikrofirmalarning asosiy qismi yani 55,2 mingtasi (22,5%) Toshkent shahriga, 23,7 mingtasi (9,7%) Toshkent, 21,6 mingtasi (8,8%) Farg‘ona hamda 21,4 mingtasi (8,7%) Andijon viloyatlari hissalariga to‘gri keladi. 

Iqtisodiy faoliyat turlari kesimida faoliyat ko‘rsatayotgan jami 245,1 mingta kichik korxona va mikrofirmalarning 66,4 mingtasi (27,1%) – savdoda, 51,6 mingtasi (21,0%) - sanoatda, 26,3 mingtasi (10,7%) - qurilishda, 22,1 mingtasi (9,0%) - qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligida, 18,1 mingtasi (7,4%) - yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida, 12,4 mingtasi (5,1%) - tashish va saqlashda, 6,4 mingtasi (2,6%) - axborot va aloqa sohasida, 4,8 mingtasi (2,0%) - sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatishda, shuningdek 37,1 mingtasi (15,1%) - boshqa faoliyat turlari hissalariga to‘g‘ri keladi. Shundan ko‘rinib turibdiki, faoliyat ko‘rsatayotgan kichik korxona va mikrofirmalarning asosiy qismi sanoat va savdo faoliyat turlariga to‘g‘ri keladi. Shuningdek, eng kam ulushi esa sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar hamda axborot va aloqa faoliyat turlariga to‘g‘ri keladi.

2018 yil yanvar-may holatiga 22,2 mingdan oshiq kichik korxona va mikrofirmalar yangi tashkil etilgan. Bu esa 2017 yilning shu davriga nisbatan qaraganda 5,8%ga ko‘proqdir. Eng ko‘p yangi tashkil etilgan kichik korxona va mikrofirmalar Toshkent shahrida (5161 ta), Toshkent (2244 ta), Samarqand (1840 ta) va Farg‘ona viloyatlarida (1706 ta) tashkil etilgan. Eng kam Sirdaryo (619 ta), Xorazm (773 ta) hamda Navoiy (844 ta) viloyatlarida tashkil etilgan. 

Iqtisodiy faoliyat turlari kesimida esa eng ko‘pi savdoda (5150 ta), sanoatda (4908 ta), qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligida (2827 ta) va qurilishda (2807 ta) tashkil etilgan. Eng kam esa sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlarda (562 ta), axborot va aloqada (581 ta) hamda tashish va saqlashda (885 ta) tashkil etilgan.

Yuridik shaxs sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tgan oilaviy korxonalar soni - 2018 yilning 1 iyun holatiga 13857 tani tashkil etib, ulardan 13248 tasi yoki 95,6% faoliyat yuritadi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan olganda davlat ro‘yxatidan o‘tganlarning hamda faoliyat ko‘rsatayotganlarning umumiy soni o‘rtacha 25,4%ga oshganligini ta'kidlash lozim. 

Faoliyat ko‘rsatayotgan oilaviy korxonalarning iqtisodiy faoliyat turlari kesimida qaralganda, oilaviy korxonalarning 37,2% yoki 4924 tasi sanoat, 21,2% yoki 2808 tasi yashash va ovqatlanish xizmatlari, 16,6% yoki 2201 tasi savdo, 11,3% yoki 1469 tasi qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi, 1,3% yoki 170 tasi qurilish, 1,1% yoki 154 tasi axborot va aloqa, 1,1% yoki 144 tasi tashish va saqlash, 1,0% yoki 129 tasi sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish hamda 9,2% yoki 1222 tasi boshqa faoliyat turlari hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. 

Mavzuga oid