KXDR kelajagi haqidagi rolik e'lon qilindi
AQSh prezidenti Donald Tramp tvitterdagi o‘z sahifasida videorolikni e'lon qildi, unda Singapurdagi sammit vaqtida Kim Chen Inga ko‘rsatilgan tasvirlar bor.
Videoyozuv Oq uyning feysbukdagi sahifasida ham joylashtirilgan. Rolik film treyleriga o‘xshash bo‘lib, unda tarixni o‘zgartirgan insonlar hayoti haqida hikoya qilinadi. Yangilik yozilayotgan paytda uni ko‘rgan kishilar soni 2 milliondan oshib ketdi.
Videorolik boshida u A Destiny Pictures Productions studiyasi tomonidan yaratilgani aytiladi. Filmda bosh qahramonlar sifatida Tramp hamda Kim Chen In tilga olingan.
Kadr ortidagi ovozning videoda aytishicha, Yerda 7 mlrd kishi yashaydi, ammo ulardan faqat ba'zilarigina tarixga ta'sir ko‘rsatishi mumkin. Rolikda rangli tasvirlarda g‘arb davlatlari yutuqlari, oq-qora rangda esa - do‘konlarning bo‘sh peshtaxtalari va raketalar parvozi ko‘rsatilgan.
«Bu yetakchi o‘z davlati rivojlanishini tanlab, jahonning bir qismiga aylanadimi? U o‘z xalqi uchun haqiqiy qahramon bo‘la oladimi?», - deya savol bilan murojaat qilgan kadr ortidagi ovoz.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp Kim Chen Inga iPad’da KXDR kelajagini ko‘rsatgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
20:40 / 21.09.2024
Shimoliy Koreyaga qochib o‘tgan amerikalik askar sharmandalarcha armiyadan haydalgani ma’lum bo‘ldi
18:21 / 19.09.2024
Do‘stona davlatlar bo‘ylab turne. Shoyguning KXDR, Eron va Suriyaga tashriflari ortida nima bor?
20:19 / 13.09.2024
KXDR yadroviy qurol uchun mo‘ljallangan uran boyitiladigan zavod suratlarini e’lon qildi
14:33 / 10.09.2024